Nemis filologiyasi kafedrasi o`qituvchisi ingliz tili ta`lim yo`nalishi talabalari ishtirokida navbatdagi ochiq dars mashg`uloti tashkil qildi
Joriy yilning 24-aprel sanasida Nemis filologiyasi kafedrasi o`qituvchisi G.B.Hayitova ingliz tili ta`lim yo`nalishi 11-6ING-22 guruh talabalari ishtirokida Ikkinchi chet tili fanidan ochiq dars mashg`uloti o`tkazdi.
Mashg‘ulot davomida talabalarga til o‘rganishda o‘yin usullarining ahamiyati tushuntirildi. Interaktiv faoliyatlar orqali grammatik va leksik ko‘nikmalar mustahkamlandi. O‘yinlar asosida tuzilgan mashqlar orqali talabalar o‘zaro muloqotga kirishdilar, fikr almashdilar hamda guruhda ishlash malakalari rivojlantirildi. Xususan, "Quiz", "Landkarte", "Projektarbeit" kabi didaktik o‘yinlardan foydalanildi. Har bir o‘yin oldindan tayyorlangan materiallar asosida olib borildi va aniq maqsadlar bilan bog‘landi. Darsning asosiy maqsadi – nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, o‘yinlar orqali o‘rganish jarayonini samaraliroq qilish va talabalarni faol ishtirok etishga undashdan iborat edi. Ushbu maqsadga to‘liq erishildi. Talabalar darsda katta ishtiyoq bilan qatnashdilar va o‘z fikrlarini erkin ifoda etdilar.