April 11

Nemis filologiyasi kafedrasi 2-bosqich magistranti bo`lim talabalari ishtirokida ochiq dars tashkil qildi

Joriy yilning 11-aprel sanasida Xorijiy tillar fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi Lingvistika:nemis tili yo’nalishi  2-kurs magistranti Allamova Sadoqat tomonidan amaliyot davri uchun ochiq dars tadbiri tashkil etildi. Ushbu ochiq dars "Og'zaki nutq amaliyoti" fanidan 11-2TNN-21 guruh talabalariga "Projektpräsentation. Modul Zahnarzt" mavzusida bõlib õtdi. Ochiq mashg'ulotda talabalarga Gyote institutning onlayn ta'limiy platformasidan foydalanib, nemis tilida og'zaki nutqni o'stirish yo'llari o'rgatildi, yangi mavzuga oid so'z va iboralar yangi pedagogik texnoliyalar orqali o'rgatildi. Mavzu yuzasidan savol-javoblar  qilindi va talabalarga topshiriqlar turli xil innovatsion metodlar asosida berildi.