NEMIS FILOLOGIYASI KAFEDRASI PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TALABALAR TURAR JOYIDA ISTIQOMAT QILUVCHI TALABALARNING YASHASH SHAROITLARI VA MUAMMOLARI BILAN YAQINDAN TANISHISHDI
2025 yilning 29 aprel kuni Nemis filologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari universitet talabalar turar joyining 5-binosida TTJda yashovchi talabalarning yashash sharoitlari va ularning muammolarini yaqindan o’rganish maqsadida tashrif buyurishdi.
Dastlab kafedra professor-o’qituvchilari talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi, muammolar o’rganildi va amaliy yordam ko’rsatildi. Shu kuni TTJning 5-binosida chiroq yo’qligi aniqlandi, muammo professor-o’qituvchilar orqali tegishli mas’ullarga etkazildi va bartaraf qilindi. Bundan tashqari TTJda yashash qoidalari va talaba qizlarning odob-ahloqi to’g’risida suhbat tashkil etildi. Suhbatda: Talaba qizlarning talabalar turar joyida yashash qoidalari odatda turar joyning ichki tartib-qoidalari va muassasa tomonidan belgilangan me'yorlarga asoslanadi. Quyida umumiy qoidalar keltirilgan:
- Talabalar turar joyida tinchlik va tartibni saqlash.
- Yashash xonalarini toza saqlash va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish.
- Har bir talaba o‘zining yashash xonasini hurmat qilishi kerak.
- Boshqa talabalarning shaxsiy buyumlariga tegmaslik.
- Ovoz balandligini nazorat qilish, kechqurun vaqtida tinchlikni saqlash.
- Ovoz chiqaruvchi qurilmalardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish.
- Tashqi ko‘rinishni nazorat qilish, begona odamlarning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik.
- Yotoqxona eshiklarini doimo yopiq tutish.
5. Mehmonlar bilan bog‘liq qoidalar:
- Mehmonlarni qabul qilishdan oldin ma'muriyatga xabar berish.
- Mehmonlar uchun belgilangan vaqt va joylarga rioya qilish.
- Oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri saqlash.
- Umumiy oshxonadan foydalanishda tartib-qoidalarga rioya qilish.
- Turar joyda o‘tadigan ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish, jamoaviy ruhni rivojlantirishga hissa qo'shish.
- Har qanday muammo yoki nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish, zarur bo‘lganda ma'muriyatga murojaat qilish.
Bu qoidalar har bir talabalar turar joyining o‘ziga xos talablariga qarab farq qilishi mumkin.
TTJda yashovchi talabalar muammolari va o;zlarini qiziqtirgan savollar bilan professor-o’qituvchilarga murojaat qilib tegishli javoblarni olishdi. Uchrashuv qiziqarli va munozarali tarzda olib borildi.