December 5

ARMda mustaqil ta’lim-mustahkam bilim poydevori

Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti talabalari ham o’z ustozlari ko’magida bir necha xorijiy tillarni o’rganishmoqda.

Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti 11-4ING-23 guruhi talabalari o’z ustozlari- Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Babayev Maxmud Tashpulatovich boshchiligida Buxoro davlat universiteti axborot resurs markaziga tashrif buyurishdi. Universitet rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari har oyda ikki marta “ARMga tashrif kuni” o‘tkazib kelmoqda.

Ikkinchi chet tili (nemis tili) fanidan mustaqil ta’lim doirasida tashkil etilgan ushbu tashrif davomida talabalar kutubxonadagi yangi adabiyotlar bilan tanishdilar, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishda tajriba almashdilar va raqamli ta’lim resurslari bilan ishlashda yangi g‘oyalar oldilar.