June 3

Bo’lajak gidlarda malakaviy amaliyotning nazariy qismi boshlandi

Buxoro davlat universiteti rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq Xorijiy tillar fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo’nalishi 11-3GHTF-22 guruhi talabalari 2025 yilning 2 iyunidan 28 iyunigacha (4 haftalik) malakaviy amaliyot o’tishi belgilangan. 2025 yilning 2 iyunidan 11-3GHTF-22 guruhi talabalari o’z ustozlari- Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Babayev Maxmud Tashpulatovich boshchiligida malakaviy amaliyotning nazariy qismini boshlashdi.

Malakaviy amaliyotning2hafta davom etadigan nazariy qismida talabalar viloyatimiz va shahrimizda joylashgan tarixiy hamda arxeologik obidalar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’lishadi. Taqdimotlar tayyorlash hamda xorijiy sayyohlarga nemis tilida ekskursiyalar berish malakasini shakllantirishadi.

Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Babayev Maxmud Tashpulatovich.