May 6

Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida "Kafedra kunlari" tashkil qilindi

Joriy yilning 5-may sanasida Nemis filologiyasi kafedrasi o`qituvchilari rahbarligi hamda bo`lim talabalari ishtirokida talabalar turar joyida yashovchi talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida "Kafedra kunlari" tashkil qilindi.

TTJ 5-bino 1-qavatda tashkil qilingan kafedra kunlari "Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bilan boshlandi. Tadbirda bo`limning TTJda yashovchi turli viloyatdan kelgan talabalari ishtirok etishdi.

Xususan, "Mavrigi" raqsi Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi talaba tomonidan ijro qilingan bo`lsa, Qoraqalpog`iston avtonom Respublikasi To`rtko`l tumanidan kelgan talaba qiz Qoraqalpoq milliy qo`shig`ini kuylab, barchaga ko`tarinki kayfiyat ulashdi.

Bundan tashqari, kun rejasida "Yangi O`zbekiston yoshlari birlashaylik", "Inson- aziz, xotira muqaddas" nomli qator tadbir hamda davra suhbatlari ham o`tkazildi.