“Kitob - Ma’naviyatga eltuvchi yo‘l”
2025 yilning 11 mart kuni Nemis filologiyasi kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ 5040-sonli qarori hamda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi 2025-yil 31 yanvardagi 1/59-6-sonli bayonining 4-ilovasi ijrosini ta’minlash maqsadida “Besh ijobiy tashabbus” doirasida to‘rtinchi yo‘nalish yuzasidan “Kitob - Ma’naviyatga eltuvchi yo‘l” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.
“Ma’rifat soati” dastlab Nemis filologiyasi kafedrasi mudiri Y.B.Ro’ziyevning kirish so’zi bilan boshlandi va mazkur mavzu bo’yicha kafedra katta o’qituvchisi D.Z. Hayotovaning ushbu mavzudagi ma’ruzasi tinglandi:Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan, shunday degandi: “... hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yana-da oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”.
“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi.