December 6

Nemis filologiyasi o`qituvchisi O`rta Osiyo nemis tili o`qituvchilari malaka oshirish seminarida namunaviy dars o`tdi

Gyote Institutining O’zbekiston va Qozog‘istondagi filiallari hamkorligida yaratilgan O‘rta Osiyo nemis tili oqituvchilari malakasini oshirish uchun “Fortbildungszentrum Zentralasien” onlayn platformasiga joriy yilning 16 sentyabr sanasida start berildi. Ushbu malaka oshirish platformasini yaratishdan ko’zlangan asosiy maqsad, O`rta Osiyo mamlakatlari ta‘lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan nemis tili o’qituvchilarining malakasini oshirish, ularni zamonaviy chet tili o`qitish metodikasi hamda chet tili o’qitish sohasidagi eng dolzarb muammolar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Ushbu malaka oshirish platformasi loyihasi doirasida joriy yillning 2-6 dekabr sanalarida Gyote Institutida 5 kunlik seminar o’tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu seminar butun O’zbekiston Respublikasida maktab muassalarida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilari uchun mo‘ljallangan va malaka oshirish platformasining multiplikatorlari tomonidan o’tkazilmoqda.

Buxoro davlat universiteti Nemis filologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi D.Z.Hayotova ham 4.12.2024 Gyote institutida seminar-trening mashg’ulotini o’tkazdi.