May 10

“Ajdodlarni xotirlash - muqaddas qadriyat” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

2025 yilning 8 may sanasida Nemis filologiyasi kafedrasida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Ajdodlarni xotirlash - muqaddas qadriyat” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Har yili 9-may kuni O'zbekiston Respublikasida “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu kun bizning tariximizda muhim ahamiyatga ega bo'lib, unda ajdodlarimizning xotirasini yurakdan qadrlash va ularga hurmat ko'rsatish bizning burchimizdir. Ajdodlarimiz, ularning jasorati va fidokorligi, bizga tinch hayot, mustaqillik va baxtli kelajakni taqdim etdi. Shu munosabat bilan Nemis filologiyasi kafedrasida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lim talabalari, Nemis filologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilar hamda ushbu kafedrada bir necha yillar davomida fidokorona mehnat qilib bo’lim talabalarga dars bergan professor-o’qituvchilar Z.B. Toshov ha F.Ramazonovlar ishtiroklarida tashkil etildi. Faxriy ustozlar talabalarga o’z ilmiy va kasbiy faoliyatlari va nashr ettirgan darslik va o’quv qo’llanmalari haqida gapirib berishdi. Bundan tashqari mazkur ta’lim yo’nalishida bir necha yil faoliyat yuritgan, ammo bugungi kunda hayotdan ko’z yumgan professor-o’qituvchilar va ularning faoliyatlari ham esga olindi. Bizning tariximizda minglab insonlar o'z jonini fido qilib, ozodlik uchun kurashgan. Ularning qahramonliklari va mashaqqatlari har bir avlod uchun namuna bo'lishi kerak. Ajdodlarni xotirlash – bu nafaqat ularning nomini eslash, balki ularning hayoti va faoliyatidan saboq olishdir. Har bir ajdod o'z zamonasining fidokori bo'lib, kelajak avlodlarga yaxshi hayotni meros qilib qoldirishga intilgan.

Ajdodlarni xotirlash - bu muqaddas qadriyat! Biz ularga doimo hurmat ko'rsatib, ularning ishlarini davom ettirib borishimiz kerak. Kelajak avlodlarga esa bu merosni yetkazishda harakat qilamiz. Xotira va qadrlash kunida barcha ajdodlarimizni hurmat bilan eslaymiz!

“Uch avlod uchrashuvi” qizg’in va munozarali ruhda o’tkazildi va talabalarga katta taa’ssurot qoldirdi.