March 13

Nemis filologiyasi kafedrasi o`qituvchilari O`zbekiston nemis madaniy markazining Buxoro viloyat hududiy bo`linmasi "Wiedergeburt"da uchrashuv sayyor dars tashkil qildilar

Joriy yilning 12-mart sanasida Kafedra mudiri Y.Ro'ziyev, o'qituvchilar D. Abdulxayrov va S.Xudoyevlar O'zbekiston nemis madaniy markazining Buxoro viloyat hududiy bo'linmasi "Wiedergeburt"da uchrashuv sayyor dars tashkil qildilar. Markaz rahbari Lo'bat Shtirsenbecher markaz haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, qizg'in savol javob tarzida kechgan uchrashuvda BuxDU nemis filologiyasi kafedrasi hamda O'zbekiston nemis madaniy markazining Buxoro viloyat hududiy bo'linmasi "Wiedergeburt" bilan shartnoma tuzishga va turli masalalarda hamkorlik qilishga kelishib olindi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda o'rgangan nemischa she'rlarini ham aytdilar. Shu bilan birga aprel oyida markazda o'tkazilishi rejalashtirilgan tadbirda nemis adibi Gyotening "Erlkönig" (O'rmon shohi) balladasi asosida sahna ko'rinishi tayyorlab namoyish qilish rejalashtirildi. Talabalarimiz markazga qatnaydigan yoshlarga nemis tili to'garaklari ochish va iyul oyida tashkil qilinishi rejalashtirilgan yozgi oromgohda volontyor sifatida ishlash masalasida ham kelishib olishdi.