April 30

Nemis filologiyasi talabalari sayyor darsda

30-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 11.2NEM 23 va 11.2NEM 24-guruh talabalari bilan Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Z.S.Qosimova Buxoroning eski shahar qismida dars mashg'ulotini sayyor tarzda o'tkazishdi. Ushbu sayohat davomida talabalar tarixiy binolar haqida o'rgangan ma'lumotlarini bo'lishishdi. Ushbu dars nafaqat talabalarning Buxoro tarixi, undagi obidalari haqidagi bilimlarini orttirdi, balki barchaga ko'tarinki kayfiyat ham baxsh etdi.