March 14

Nemis filologiyasi kafedrasi navbatdagi maktab bilan hamkorlikni yo`lga qo`ydi

Joriy yilning 14-mart sanasida Nemis filologiyasi kafedrasi Jondor tuman 3-umumiy o`rta ta`lim maktabi bilan hamkorlikni yo`lga qo`ydi.

Keyingi o`quv yilidan Nemis tili 2-chet tili sifatida o`tilishi rejalashtirgan ushbu maktab hozirda o`quvchilari uchun til kurslarini ochish va unga yaqin territoriyada istiqomat qiladigan Nemis tili ta`lim yo`nalishi tahsil olayotgan talabalarni jalb etishni maqsad qilgan. Bu esa talabalarda chet tillarini o`qitish metodik ko`nikmalarini shakllantirish hamda bilimlarini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.