May 2

“Junge Übersetzer” to’garagining navbatdagi mashg’uloti bo’lib o’tdi

Har oyning birinchi va uchinchi juma kunlarida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi qoshidagi “Junge Übersetzer” to’garagi badiiy tarjima ishtiyoqmandlarini mashg’ulotlarga taklif etadi. Bugun, joriy yilning 2 may kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo’nalishi talabalari ishtirokida Nemis filologiyasi kafedrasi qoshidagi “Junge Übersetzer” to’garagining navbatdagi mashg’uloti bo’lib o’tdi.

Talabalar to’garak mashg’uloti davomida nemis xalq ertaklarini asliyatdan o’zbek tiliga badiiy tarjima qilish mahoratlarini oshirishdi.