April 2

Nemis filologiyasi bo`limida talabalari ishtirokida "Ma`rifat darsi" o`tkazildi

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi dotsenti D.H.Karimova tomonidan 1-aprel kuni 1-kurs Filologiya va tillarni o'qitish (nemis tili) hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili) ta'lim yo'nalishi talabalari ishtirokida "Ma'rifat darsi" o'tkazildi. Unda talabalarga Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumot berildi. Bugungi kunda Prezidentimizning yoshlar siyosati, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr yuritildi. Xususan, universitetimizdagi ta'lim-tarbiya jarayonlari, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ustoz-shogird an'anasini rivojlantirish to'g'risida fikrlar almashildi.