April 15

“DEUTSCH LERNEN” TO’GARAGI DOIM FAOL

Nemis filologiyasi kafedrasi qoshida talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, ijodiy, ilmiy, hamda kasbiy to'garaklar muntazam faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan kafedra o’qituvchisi Babayev Otabek Abdikarimovich “Deutsch lernen” to’garagini faol olib bormoqda. To’garakda asosan chet ellik hamkor tashkilotlarning zamonaviy o’quv materiallaridan keng foydalanib, til kompetensiyalarini o’qitishda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga samarali qo’llab kelinmoqda.

Ayni paytda Nemis filologiyasi kafedrasi qoshida “Deutsch lernen” to’garagi bilan birga “FDS- Klub”, “Junge Poeten”, “Deutsch lernen- Schreiben üben”, „Literarisches Lesen”,“Mаленькая Германия”, “Deutsch lernen mit Spass”, “Junge Übersetzer”, “Junge Dolmetscher” singari to’garaklar ham faol faoliyat olib borilmoqda. To’garak ishtirokchilari bunday imkoniyatdan keng foydalangan holda, chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlariga tayyorlanib, milliy va xalqaro sertifikatlarini egallashmoqda.

“Deutsch lernen” to’garagi a’zolarining ko’pchiliklari yozgi ta’tillarda Germaniyada bo’lib qaytishdi. O’zlarining chet el sayohatlari davomida chet tilining naqadar muhimligiga yanada amin bo’lib, hozirgi kunda til bilish darajalarini yuqorilashga harakat qilishmoqda. Ayrimlari Buxoro davlat universitetidagi o’qishlarini tugatib, til sertifikatlarini egallab, Germaniyada kasb o’rganish, malaka oshirish maqsadida tahsil olmoqdalar.