Nemis filologiyasi kafedrasida "Ogohlikni men qanday tushunaman?" mavzusida "Ma`rifat soati" tashkil qilindi
Joriy yilning 1-aprel kuni Yoshlarning yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, turli ko‘rinishdagi ekstremizmga qarshi kurashish maqsadida Nemis filologiyasi kafedrasida “Ogohlikni men qanday tushunaman?” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.
Ogohlik – inson va millat manfaatlarining asrab-avaylanishi, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy qoidalarga rioya qilinishi, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda hushyorlikni anglatadigan tushuncha. Jamiyatda mavjud ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning taʼminlanishi va asralishi bevosita inson ongi, tafakkuri bilan chambarchas bogʻliq. Har bir shaxs xalq, jamiyat, oʻz jamoasi, oilasi oldidagi burch va masʼuliyati hamda moddiy-maʼnaviy neʼmatlarga egalik huquqi mavjudligini anglab, idrok etishi unda ogohlik tuygʻusini shakllantiradi. Ogohlik jamiyat har bir aʼzosidan uning tinch va osoyishta hayotdan har tomonlama manfaatdorlik tuygʻusi shakllanishida namoyon boʻladi. Ushbu manfaatdorlikni anglagan inson jamiyatda sodir boʻlayotgan voqea va hodisalarga befarq qarab tura olmaydi, loqaydlik qanday oqibatlarga olib kelishini tushunadi. Ogohlik loqaydlikning aksidir. Mazkur tushunchalar mazmun-mohiyatiga koʻra, muhim ahamiyat kasb etadi. Ogohlik tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikni taʼminlashning sharti sifatida namoyon boʻlsa, loqaydlik esa jamiyat tanazzuliga zamin yaratadi. Keng qamrovli siyosiy-ijtimoiy islohotlarni boshdan kechirayotgan, siyosiy barqarorlikni taʼminlash yoʻlida faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda ogohlikka amal qilish gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki loqaydlik tufayli boy berilgan ogohlik davlat, jamiyat va millat uchun qimmatga tushishi mumkin. Ogohlik tuygʻusi milliy oʻzlikni chuqur anglash va uni eʼzozlashga intilishdir. Maʼlumki, har bir xalq, millat oʻziga xos ruhiy va maʼnaviy feʼl-atvorga ega. Shuning uchun ham turli mintaqalarda yashayotgan xalqlarning yashash tarzi, qadriyat va urf-odatlari oʻzaro farqlangan. Jumladan, oʻzbeklar, umuman, Sharq xalqlarida ogohlik ham or-nomus, sharm-hayo tushunchalari kabi hayotning barcha jabhalarida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Jamiyatdagi mavjud qonunlarga boʻysunib yashashni turmush tarziga aylantirgan, oʻz xatti-harakatini maʼlum qonun-qoidalarga tayangan holda amalga oshiradigan, yuksak aql-idrok, odob-axloq hamda ogohlikni hayotning har bir daqiqasida namoyon qiladigan xalq ravnaq topadi, jamiyat maʼnaviyati yuksaladi, fuqarolarning erkin va farovon hayoti taʼminlanadi. Shu maʼnoda, hozirgi tahlikali dunyoda “Ogoh boʻling, odamlar!” degan daʼvatlar kishilarni tevarak atrofga ochiq koʻz bilan qarashga, hamisha ogoh va hushyor boʻlib yashashga chorlaydi. Bugungi kunda ogohlik bebaho qadriyatlarimiz, mustaqilligimiz, tinchligimiz, ijtimoiy barqarorlik, tadrijiy taraqqiyot, jamiyatda millatlar va fuqarolar xavfsizligi uchun xizmat qilmoqda.
Tinchlik buyuk ne’mat, inson hayotining birlamchi sharti hisoblanadi. Chunki osuda hayot, yaratuvchanlik va farovonlik, umuman, barcha ezgu maqsadlarning ro‘yobi eng avvalo shu ne’matga bog‘liq. Ammo bugungi voqelik tinchlikni ko‘plab mamlakatlar uchun hali hanuz orzu bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda tinchlikka rahna soluvchi omillar turlicha – davlatlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlar, fuqarolik urushlari, milliy va etnik nizolar, tabiiy ofatlar... Lekin bu omillarning ichida bugungi kunda eng xatarli va har qanday davlat tinchligi, osoyishtaligi uchun jiddiy havf solishga qodir bo‘lgan diniy ekstremizm va terrorizm ekanini har bir sog‘lom fikrli inson tan olmoqda. Diniy ekstremizm yoki terrorizm illatining so‘ngi paytlarda tobora kuchayib borayotgani mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini ko‘rsatadi. Bu qabohat va johillikdan, insoniylikka hos bo‘lmagan zo‘ravonliklardan qanchadan-qancha begunoh insonlarning qoni to‘kilgani hech kimga sir emas. Islom dinini niqob qilib olib o‘z qabih maqsadlarini amalga oshirish maqsadida tinchligimiz, madaniyatimizga chang solishni poylab yurgan yovuz kuchlardan ongli tarzda saqlanishimiz eng birinchi vazifalarimizdan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezedenti Shavkat Mirziyoyev BMT bosh ansambleyasining 72 sessiyasidagi nutqida “Biz butun jahon hamjamiyatiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamligining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz” deb ta’kidlagan. Vatanimiz uzoq tarixiga nazar tashlasak, zaminimizda madaniyat rivojining uch ming yildan ortiq buyuk tarixni ko‘ramiz. Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonning hozirgi hududida qadim davrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo‘lgan, xilma-xil dinlarga e’tiqod qilgan xalqlar hamjihatlikda, hamdo‘stlikda yashaganlar. Bu esa xalqimizga xos bo‘lgan diniy bag‘rikenglikning ma’naviy asosini tashkil etadi. Ma’lumki, Markaziy Osiyo arablar tomonidan zabt etilgandan so‘ng mintaqaga islom dini keng yoyildi, islomning o‘ziga xos xususiyatlari yillar davomida xalqimiz madaniyati va ongiga singib bordi. O‘lkada tinchlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlashda islom ta’limoti o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Bu ta’limotlar Qur’oni Karim oyatlari va hadisi shariflarga tayanar edi. Bugun ham yurtimizda diniy bag‘rikenglik va osoyishtalikni ta’minlash Konstitusiyamizda qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Qomusimizning 31- moddasida mustahkamlangan “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik xuquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, degan qoida diniy bag‘rikenglik uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Bundan esa qabih niyatda foydalanishdan toymaydigan kuchlar afsuski ko‘payib bormoqda. Ularni anglash uchun avvalo, “diniy ekstremizm o‘zi nima?”, “terrorizm qanday yuzaga kelgan” degan savollarga javob topa bilishimiz kerak. Diniy ekstremizm- “diniy tashkilotlarda o‘ta mutaassib guruhlarning ashaddiy reaksion faoliyati bo‘lib, hatto dinga ham zarar keltiradi. Diniy ekstremizmning asosiy maqsadi dinni niqob qilib, hokimiyatni qo‘lga olish, diniy talablarning ilk darajasiga xos “sofligi”ni qayta tiklash, diniy talablarga mos siyosiy tuzumni barpo etishdan iborat”, deyilgan ayrim adabiyotlarda. “Terror” so‘zi esa lotin tilidagi “terror” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida “qo‘rqinch”, “qabohat”, “dahshat solish”, “vahima uyg‘otish” kabi ma’nolarni anglatadi. Tarixda terrorizmning dastlabki ko‘rinishi Yoqub payg‘ambarning qizi Dinaga nisbatan, Kan’on (qadimgi Falastin) mamlakati amirining, ya’ni Xamurning o‘g‘li Shakam tomonidan amalga oshirilgan. Bugun terrorizm umumbashariy darajada jamiyat xavfsizligiga tahdid soladigan xavfga aylanib bormoqda.
Hozirgi zamonaviy hayotda qurolli tahdidlardan ko’ra ma’naviy tahdid eng nozik masalalardan biriga aylanib qolmoqda. Yoshlarning hali hech qanday iflosliklar bilan kirlanishga ulgurmagan, o’z ma’naviy olamlarini himoyalay olmaydigan sof qalblari, onglariga salbiy ta’sir o’tkazish orqali minglab insonlarni to’g’ri yo’ldan og’dirib, minglab odamlarning umrga zomin bo’lmoqdalar.Bu tug’rida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72- sessiyasida so’zlagan nutqida BMTning Yoshlar huquqlari to’g’risidagi xalqaro konversiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag’rikenglik”deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish bo’yicha tashabbuslarida terrorizm muammosiga katta e’tibor qaratib, uning tub sabablariga barham berishga chaqirdi. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o’tdilar Respublikamiz Prezidenti.
Ma’naviy tahdidlar ta’sir kuchi naqadar kuchli ekani, ular hech qanday chegara bilmasligi sir emas. Zero, Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zlarining “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarlarida “...bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega. Bu masalaning kishining doimo ogoh bo‘lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni sezish, ko‘rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab yetish nihoyatda qiyin” deya ta’kidlashlari bejiz emas edi. Bugungi kunda ma’naviy tahdidlarning eng ko‘p qamrovga ega bo‘lgani ommaviy axborot vositalari tizimidir. Davlatlar, mamlakatlar boshqa hududlardan o‘z chegaralari bilan ajratilgan va mustahkamlangan, lekin axborot ko‘lami shunchalik kengki, u hech qanday chegara bilmaydi. Hozirda bundan salbiy maqsadlarda, o‘z chirkin maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalandilar. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlarning har qanday axborotga nisbatan immunitet hosil qila olishlari, ma’naviy bo‘shliq paydo bo‘lmasligini oldini olish maqsadida ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda diniy omillarning siyosatlashuvi qator norasmiy oqim va yo‘nalishlarining faoliyatlarida yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu esa fuqarolarning diniy oqimlar ta’siriga tushishlariga sabab bo‘lmoqda. Buning oldini olish uchun mamlakatimizda turli huquqiy va ma’naviy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu esa fuqarolarning norasmiy diniy oqimlarga tushib qolishidan qisman himoya qilmoqda. Ammo fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi turli oqimlar faoliyati takomillashuviga ham olib kelmoqda.
Ular nafaqat turli g’oyaviy targ’itbotlar bilan cheklanib qolmasdan, balki inson ruhiyatiga turli usul va vositalar yordamida ta’sir etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu xavflarning ta’sirini kamaytirish uchun fuqarolar, ayniqsa, yoshlar psixologik yordam asoslarini bilishlari, fuqarolarning psixologik qiyofasini yarata olish , fuqarolar bilan muloqot qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘zlashtirish kabi mas’uliyatli vazifalar oldimizda turibdi. Hozirgi globallashuv zamonda diniy ekstremizm va terrorizm butunjahon miqyosida xavfli kuchga aylanmoqda. Afsuslar bo‘lsinki, hatto o‘z ichimizdan bu yo‘lga kirib, vataniga, oilasiga xiyonat qilgan minglab yoshlar soni ortib bormoqda. Bunga sabab nima? Mafkuraviy bo‘shliq va eng zararli bo‘lgan loqaydlik va beparvolik. Beparvo odam dushmandan-da xavfliroq ekanligini donolarimiz azal-azaldan kelajak avlodlarga uqtirib kelmoqdalar. Bu borada mashhur faylasuflarimizdan biri “Dushmanlardan qo‘rqma- nari borsa, ular seni o‘ldirishi mumkin.
Do‘stlardan qo‘rqma- nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo‘rq- ular seni o‘ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim, beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar ko‘payaveradi” deya naqadar haq ekanliglari barchamizga ayon.
Diniy ekstremizm va terrorchi tashkilotlar o’zlarining g’arazli maqsadlaridan kelib chiqib, islom ta’limotining ayrim g’oya va tamoyillarini mazmun-mohiyatan tamomila yoki bir yoqlama o’zgartirib, o’zlaricha talqin qilib odamlarni to’g’ri yo’ldan – hidoyat yo’lidan adashtirishga urinmoqda. Markaziy Osiyo hududida yashovchi aholining aksari, shu jumladan, yurtimiz musulmonlari ham necha asrlarki mintaqa xalqlari uchun an’anaviy bo’lgan xanafiy va motrudiya aqidalariga rioya etishadi. Diniy ekstremistlar esa ana shu mazhab va aqidalarni rad etgan holda aholi ongiga siyosiylashtirilgan islom g’oyalarini singdirishga urinmoqdalar. Bu urinishlardan ko’zlangan yagona maqsadlari “xalifalik” yoki “islom amirligi” davlati tuzish shiori ostida siyosiy hokimiyatni egallashdir.Kishilarning osoyishtaligi va xavfsizligiga taxdid soladigan terrorning barcha kurinishlari buzg’unchilik, fasod ishlardan sanaladi. Kur’onda («Bakara» surasi 205-oyatidagi) «Allox esa buzg’unchilik- fasodni sevmaydi» degan oyat tushunchasi islomning terrorga bulgan o’ta salbiy munosabatini belgilaydi. Mutaassiblik, ekstremizm va terrorchilik odatda begunox odamlarning qoni to‘kilishiga olib keladi. Qur’oni Karim oyatlarida bunday xolatlar «Biror jonni o‘ldirmagan yoki yerda (buzg‘unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni o‘ldirgan odam xuddi xamma odamlarni o‘ldirgan kabidir» deya qat’iy qoralangan. Ming –minglab begunoh musulmonlarning qonini to‘kib, go‘yoki bu bilan o‘zlariga jannatni naqd qilib qo‘ymoqdamiz, deb xom xayolga berilayotganlar, aslida Allohning la’nati va g‘azabini yuklab olmoqdalar. Dunyo shiddat bilan o‘zgartirib barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.
Bugun terrorizm umumbashariy darajada jamiyat xavfsizligiga tahdid soladigan va o‘zaro hamkorlik aloqalariga ega bo‘lgan yirik terrorchilik guruhlaridan iborat tizim sifatida shakllanganini, sodda qilib aytganda, xalqaro terrorizmga aylanganini ta’kidlash zarur. Hozirgi kunda ayrim arab mamlakatlarida diniy harakatlar niqobida insoniylikka zid qabihliklar etilayotganidan habarimiz bor, albatta.Birgina misol, necha yilki Iroq va Suriyada davom etayotgan o‘zaro nizo,fuqorolik urushi ayrim diniy ekstramestik guruxlar uchun ayni muddao, ya’ni o‘ziga xos “palegon” vazifasini bajarayotgani xech kimga sir emas. Ayni shu ziddiyatlar va to‘qnashuvlar natijasida hozirgi butun dunyoga xaf solib turgan yovuz tashkilot-ISHID dunyoga keldi. “Iroq va Shom islom davlati ” atamasining qisaqartmasidan olingan bu atama ortida jihodiy yo‘nalishidagi terrorchi guruxlar turibdi. Yaqin Shardqagi bir qancha guruhlarni birlashtirgan bu tashkilot 2006-yilda Iroqda tuzilgan. Suriyada kechayotgan ichki nizolarga bevosita qurolli ko‘shin bilan aralashgan mazkur tashkilot,o‘z siyosiy manfaatlari doirasidagi Suriyani ham qo‘shib oldi va bosh maksadi – xalifalik tuzish yo‘lida qonli, buzg‘unchilik harakatini boshladi. Uch yil davomida Suriyada 200 ming nafarga yaqin tinch aholi qurolli to‘qnashuvlar qurboni bo‘ldi.U yerlarda kechayotgan urush manzaralari, kishilarning ojiz holatlarini ko‘rib qaysi odam zotining qalbi o‘rtanmaydi? Ular qanday musulmon bo‘lishdiki, hatto yosh go‘daklarning chirqirashlari, begunoh ayollarning dardli nidolarini eshitishmasa? Insof qani, qani adolat? “Qur’on” oyatlari, muborak hadislar va alloma ajdodlarimiz asarlarida ekstremizm va terrorchilikka qanday munosabat bildirganidan xabardormi ular? Islom bayrog‘i ostida buzg‘unchilik qilayotgan bu guruhlarni tinchliksevar bashariyat la’natlamoqda. Ming afsuslar bo‘lsinkim, bu tashkilotlar orasida “o‘zbek” degan nomga dog‘ tushirib, yurtiga, xalqiga, o‘z oilasiga xiyonat qilayotgan “iblis”larning nag‘malariga uchib, dahshatli jinoyatlarga qo‘l urayotgan yurtdoshlarimiz ham borligi achinarlidir. Ularni “yurtdosh” degani uyaladi kishi.
Bu havfli illatlardan soqit bo’lish uchun biz qanday yo’lni tanlamog’imiz kerak. Qanday chora-tadbirlar bilan bu xatarli botqoqdan zararsiz o‘tib olish mumkin? Buning uchun biz, avvalo, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatgan yo‘l biz uchun katta namunadir. Ularning BMT ning 72 sessiyasida ilgari surilgan g‘oyalari “ Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyasini ahamiyati beqiyosdir. Ma’rifat orqali inson ilmga va tafakkuri rivojlanadi, ilm va tafakkurli inson albatta diniy ekstrimizm va terrorizmning maqsadini va oldiga qo‘ygan manfaatlarini yaxshi tushunadi va unga qarshi ilm tafakkur orqali kurashadi.
Xalqimizda ma’naviy xayotida bo’shliq, boshqalar salbiy chirkin g’oyalarini singdira olishlari mumkin bo’lgan hollardan o’zimizni saqlashimiz kerak. Hozirgi ochiq axborot tizimi davrida, avvalo, yoshlarda har qanday axborotga nisbatan mafkuraviy immunitet hosil qilish, chetdan kelayotgan turli xil axborotlarni qabul qilishda analiz-sintez qila olish qobiliyatini shakllantirish lozim. Chunki hozirda qurolli hujumlardan ko‘ra ma’naviy hujumlar havfli tus olib bormoqda, bunda esa axborot ularga juda qo‘l keluvchi vositaga aylandi. Eng axborot tez o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi qatlam yoshlar, yoshlar esa yurtimiz kelajagi. Ularda bunday illatlarni oldini olish uchun yurtimizda juda ko‘plab ijobiy targ‘ibotlar amalga oshirilmoqda. Joylarda, ilm dargohlarida din bilimdonlari tomonidan diniy ekstremizm va terrorizm balosi nima ekani va u qanday ta’sir kuchiga ega ekani haqida ma’ruzalar, tadbirlar uyushtirildi. Dindan niqob sifatida foydalana olmasliklari uchun, birinchi o‘rinda, xalqning diniy savodxonligini oshirish, din nimaligi, uning mazmun mohiyatini yaxshi anglab yetish kerak. Har birimiz atrofimizda sodir bo‘layotgan voqeliklardan xabardor bo‘lishimiz, beparvolik, bepisandlik bilan o‘zimizni chohga itarishdan saqlanish, insonlarni ogohlikka da’vat qilib yashashimiz kerak.
Shunday ekan, ogoh bo’laylik, go’zal, osoyishta, jannatmonand elimizni jonimizdek asraylik.
Biz tinchmiz, emin-erkin yashamoqdamiz, o’qish, ishlarda ko’nglimiz to’q. Ayrim mamlakatlardagi kabi har daqiqamiz qo’rquv, dahshat iskanjasida, talvasada emas. Nega endi bu baxtni asramaylik? Vatanimizni yovlardan himoya qilayotgan jasur, mard himoyachilarimiz orqali yurtga foyda keltiraylik.
Ogoh odam! U kim? U- men. U – siz. U- bu olam osoyishtaligini istagan har bir inson. Bugun ogoh odam- ezgulik timsoli. Faqat U dunyoni qabohatdan qutqaradi, illatlardan asraydi. Shu bois har bir bolani ogoh odam sifatida kamol toptirish hozirgi davrda barchamizning dolzarb vazifamizdir.