October 11

Xalqaro DLL (nemis tilini o`qitishni o`rgatish) loyihasi Nemis filologiyasi bo`limida amalda

Joriy yilning 10-oktabr sanasida BuxDU va Germaniyaning Gyote instituti (Goethe Institut Taschkent) o`rtasida hamkorlik memorandum imzolangan edi. Unga ko`ra BuxDU nemis tili professor-o`qituvchilarini muntazam malakasini oshirish, o`quv materiallarini yetkazib berish, xalqaro til seritifikatiga tayyorlash hamda xalqaro DLL loyihasini o`quv jarayoniga joriy etish bo`yicha sermahsul hamkorlik yo`lga qo`yildi. Hozirda Nemis filologiyasi kafedrasi dotsenti M.M.Maxmudova, katta o`qituvchilari D.Z.Hayotova, R.Sh.Bozorova, S.S.Xudoyev hamda M.T.Babayevlar xalqaro DLL loyihasida ishtirok etib, o`quv jarayoniga faol tatbiq etishmoqda.

Shu loyiha asosida Nemis filologiyasi kafedrasi dotsenti M.M.Maxmudova Toshkentdagi Gyote instituti nazorati ostida bo`lim talabalari ishtirokida ochiq dars mashg`uloti tashkil qildi. Dars mashg`uloti metodi DLL loyihasi asosida tanlanib, mashg`ulot davomida talabalar zamonaviy interaktiv metodlar asosida mashqlar bajardilar, gapirish ko`nikmalarini mustahkamladilar.