October 8

Nemis filologiyasi kafedrasi o`qituvchisi Velopoyga tashkil qildi

Talabalarning darsdan tashqari bo`sh vaqtni samarali o`tkazish va sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish borasida o`tkaziladigan tadbirlar o`rni juda muhim. Shunga binoan, Nemis filologiyasi kafedrasi o`qituvchisi Xaitova G.B. ikkinchi chet tili sifatida nemis tili o`rganayotgan Ingliz tili ta`lim yo`nalishi talabalari bilan dam olish kuni o`tkazilgan Velopoyga musoboqasi bunday tadbirlarni tashkil qilish foydadan holi emasligini isbotladi.

Buxoro Eski shahar hududida tashkil qilingan Velomusoboqada talabalar faol ishtirok etib, g`oliblikni qo`lga kiritgan talabalarga Nemis filologiyasi kafedrasi tomonidan esdalik sovg`alar taqdim qilindi.

Ushbu turkumdagi tadbirlarni tez-tez amalga oshirish jismoniy va ruhiy salomatlik uchun foydali.