April 15

Buxoro davlat universiteti ilmiy-amaliy muzeyida sayyor dars

2025 yil aprel oyining 15-sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo’nalishi bitiruvchilari bilan Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Otabek Babayev bilan Buxoro davlat universiteti ilmiy-amaliy muzeyida navbatdagi mashg’ulotni sayyor dars tarzida o’tishdi.

Ilmiy-amaliy muzeyining tarkibidagi eksponatlar va jihozlar universitetning oldingi muzeyi eksponatlari bazasida shakllantirilgan va muzey tarkibini boyitish hamda uni zamon talablari asosida tashkil qilish maqsadida ilmiy baza barcha fakultetlar bilan hamkorlikda zamonaviy  baza  asosida  yangilangan.

Hozirgi kunda eksponatlarni joylashtirish, tartibga solish maqsadida biz bilan hamkorlikda tarix kafedrasi, biologiya, geografiya, fizika, til va adabiyot, ekologiya, jismoniy madaniyat, tasviriy san’at, harbiy soha fanlari professor-o‘qituvchilari bilan birga, Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari ha yordam ko‘rsatib kelmoqdalar.

Tashrif davomida Nemis filologiyasi kafedrasi talabalari Xorijiy tillar fakulteti professori A.A.Haydarovni uchratib, universitetimiz tarixi haqida yanada ko’proq ma’lumotlar olishdi va estalik uchun suratga tushishdi.