April 16

Nemis filologiyasi bo`limi talabalari ishtirokida sayyor dars tashkil qilindi

Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish va bir necha xorijiy tillarda erkin muloqotga kirisha oladigan jamiyatni shakllantirish davr talabiga aylandi. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti talabalari ham o’z ustozlari ko’magida bir necha xorijiy tillarni o’rganishmoqda.
Joriy yilning 9-aprel kunida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 11.2-NEM-24 guruh talabalari ustozlari - Nemis filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi Z.S.Qosimova boshchiligida fakultet qarshisidagi "Bookhara" kafesida ogʻzaki nutq amaliyoti fanidan sayyor dars tashkil qilishdi. Ushbu dars davomida talabalar berilgan mavzular boʻyicha nutq soʻzlashdi va fikr almashishdi. Shuningdek atrofdagi kitoblar ham talabalarda katta qiziqish uygʻotdi.