June 10

Talabalar malakaviy amaliyotda o’z nazariy bilimlarini namoyish etmoqda

Buxoro davlat universiteti rektorining 2025 yil 3 iyundagi 937-T sonli buyrug‘iga muvofiq Xorijiy tillar fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo’nalishi 11-3GHTF-22 guruhi talabalari 2025 yilning 2 iyunidan 28 iyunigacha (4 haftalik) malakaviy amaliyot o’tishi belgilangan. 2025 yilning 2 iyunidan 11-3GHTF-22 guruhi talabalari o’z ustozlari- Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Babayev Maxmud Tashpulatovich boshchiligida malakaviy amaliyotning nazariy qismini boshlashgan edi. Malakaviy amaliyotning nazariy qismida talabalar berilgan mavzular doirasida tayyorlab kelgan taqdimotlarini namoyish etishmoqda.

Malakaviy amaliyotning 2hafta davom etadigan nazariy qismida talabalar viloyatimiz va shahrimizda joylashgan tarixiy hamda arxeologik obidalar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’lishadi. Taqdimotlar tayyorlash hamda xorijiy sayyohlarga nemis tilida ekskursiyalar berish malakasini shakllantirishadi.

Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Babayev Maxmud Tashpulatovich.