Buxoro namozgohi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik
Hayit bayramlarida namoz oʻqish uchun qurilgan masjidlardan biri boʻlgan. Buxoroni idora qilgan Qoraxoniylar sulolasi davrida XI asrda Shams al-Muluk (1068—1080) tomonidan chorbogʻida Buxoroning janubiy qismida Namozgoh darvozasi orqasida bunyod etilgan. XI—XVI asrlar davomida qurilgan. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
2025 yil aprel oyining 15-sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo’nalishi bitiruvchilari bilan Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Otabek Babayev ushbu benazir inshootni ziyorat qilib, mashg’ulotni sayyor dars tarzida o’tishdi.
Namozgoh peshtoqi gʻarb tomonda boʻlib, masjid markazida mehrob boʻlgan va pishiq gʻishtdan qurilgan. Inshoot naqshinkor va koshinkor bezaklar ganchdan ishlangan. Mazkur Namozgoh XI asrda buzib tashlanadi. 1119—1120-yillarda Qoraxoniylar davlati hukmdori Muhammad Arslon ibn Sulaymon farmoyishi bilan eski namozgoh oʻrniga mehrobli va mukabbir (aslzoda) kishilar uchun bir inshoot qurilgan. Mazkur masjid qayta qurilgan koʻrinishda bizgacha yetib kelgan. Masjid mehrobida murakkab girehlar, „bodomchalar“, oʻymakor naqshli bezaklar bilan bezatilgan. Mehrob yuqori qismida naqshinkor harflar bilan Muhammad (s.a.v) paygʻambar va chorchorlar ismlari yozilgan. Namozgoh masjidida XIV asrning birinchi yarmida taʼmirlash ishlari olib borilgan va kitoba bitiklardan iborat panno oʻrnatilgan. XIV asrning oxirida Amir Temur burugʻiga koʻra taʼmirlash ishlari olib borilgan. XVI asrda Buxoro xonligini idora qilgan Shayboniy Abdullaxon II davrida qayta taʼmirlanadi. Namozgoh masjidi atrofi manzarali va mevali daraxtlar ekilgan va devor bilan oʻrab olingan boʻlgan. Namozgoh mehrobi ravogʻida kufiy xatida „Mulk Allohnikidir“ kalimasi keltirilgan. Masjid ichki ravogʻida suls xatida hadisning bir qismi saqlanib qolgan. Masjid tashqi devorining yuqori qismida kitoba bitiklarining baʼzi parchalari saqlanib qolgan. Ularda asosan Qur’oni Karim oyatlari va hadislardan parchalar keltirilgan.
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo’nalishi bitiruvchilari uchun, ushbu sayyor dars ularning kelajakdagi faoliyatlari uchun amaliy bilimlarini boyitishda xizmat qildi.