May 16

NEMIS FILOLOGIYASI KAFEDRASIDA SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI TASHKIL ETILDI

2025 yilning 16 may kuni Nemis filologiyasi kafedrasida O’zbekiston va jahonda hafta davomida sodir bo’lgan yangiliklargabag’ishlangan siyosiy – ma’rifat soati tashkil etildi.

Siyosiy – ma’rifat soati dastlab kafedra mudiri Y.B.Ro’ziyevning kirish so’zi bilan boshlandi. Y.B.Ro’ziyev kafedra professor-o’qituvchilariga hafta davomida O’zbekiston va jahonda ruy bergan so’nggi ahamiyatga molik yangiliklar tafsiloti aks ettirilgan videorolikni namoyish etdi. Videorolikda jumladan o’tgan haftada mamlakatimizda nishonlangan “Xotira va qadrlash kuni”da amalga oshirilgan tadbirlar, 8-may kuni Respublikamiz rahbari Sh.Mirziyoyev sana munosabati bilan “G’alaba bog’i”ga tashrif buyurgani va xotira marosimiga ishtirok etgani, hamda “Matonat madhiyasi” yodgorliki poyiga gulchambar quygani aks ettirilgan. Mamlakatimiz rahbari shuningdek bog’da barpo etilgan ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan qahramonlar xotirasiga atab barpo etilgan “Xotira nuri” kompositsiyasi qurilishini ko’zdan kechirdi.

Shundan so’ng mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev g’oyasi asosida barpo etilgan “Millat fidoiylari xiyoboni” yodgorligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Ushbu yodgorlik mustaqillik yillarida mamlakatimiz himoyasi yo’lida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar va huquq tartibot idoralari hodimlari xotirasiga bagishlab barpo etilgan. Presidentimiz shu kuni xiyobonda bo’lib marhum harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan uchrashdi. Videorolikda muloqotning to’liq tavsilotlari haqida fikr yuritilgan.

Siyosiy-ma’rifiy soat yakunida mavzu professor-o’qituvchilar tomonidan muhokama qilindi va fikr-mulohazalar bildirildi.