April 8
Nemis filologiyasi kafedrasida navbatdagi xalqaro hamkorlik munosabatlari yo`lga qo`yildi
Joriy yilning 7-aprel sanasida BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Nemis filologiyasi bo`limi navbatdagi xorijiy tashrifni qabul qildi.
Nemis filologiyasi kafedrasiga tashrif buyurgan Germaniyaning Johannes Gutenberg nomidagi Mainz universiteti Turkologiya bo'limi professorlari Julian Retzsch va Petr Kucera hamda Qozog'istonning Qarag'anda universiteti vakillari bilan Nemis filologiyasi bo`limi o`rtasida keyingi istiqbolli hamkorlik rejalari haqida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Davra suhbati so`ngida mehmonlar bo`lim tomonidan taqdim qilingan sovg`alarni mamnuniyat bilan qabul qildilar va keyingi tashriflari ularni yanada quvontirishi haqida alohida ta`kidladilar.