March 11

Nemis filologiyasi bo`limi talabalari bilan Boshlang`ich sinflarda chet tillarini o`qitish metodikasi fanidan DLL loyihasi asosida navbatdagi "Probe-Unterricht" tashkil qilindi

Zamonaviy boshlang’ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lgan qarorlardan biri bu O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-1875-sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini o’rganish umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1- sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’qitish bosqichma-bosqich boshlanadi. Qarorga ko’ra, Chet tillarni o’rganishni yanada rivojlantirish bo’yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash boshchiligida ta’lim sohasining barcha yo’nalishlarida beqiyos ko’lamli ishlarni amalga oshirishga kirishildi.

Hozirda 4-bosqich talabalari Boshlang`ich sinflarda chet tilini o`qitish metodikasini alohida fan sifatida o`rganayotganligi ushbu Qarorning ijrosi ta`minlanayotganligidan dalolatdir.

Joriy yiling 11-mart sanasida Nemis filologiyasi bo`limi 11-2Nem-21-guruh talabalari "Obst und Gemüse" mavzusida 2-sinflarga mo`ljallangan navbatdagi darsni tashkil qilishdi.

Dars davomida meva va sabyavotlar mavzusiga doir yangi so`zlar "Finde das richtigste", "Klatsch, wenn es richtig ist", "Ja oder Nein" kabi boshlang`ich sinflarga mo`ljallangan metodlar orqali o`rganildi, takrorlandi hamda mustahkamlandi.

Dars so`ngida talabalar dars haqida o`zlarini fikrlarini bildirib, qaysi metodlar orqali darsni yanada muvaffaqiyatliroq tashkil qilishlari mumkinligi haqida fikr almashilindi.