April 18

“Deutsch lernen mit Spaß” to`garagining navbatdagi darsi tashkil qilindi

Bugun 18-aprel kuni Xorijiy tillar fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Hayotova Dilafro'z Zoyirovna bilan “Deutsch lernen mit Spaß” (Nemis tilini zavq bilan o‘rganamiz) to‘garagi bo‘lib o‘tdi! 🇩🇪✨Bugungi mashg‘ulotda talabalar nemis tilidagi rasmiy xat yozish va Redewendungen (iboralari) bilan tanishishdi. Ishtirokchilar rasmiy xat yozish qoidalari bilan tanishishdi. Xat tuzilmasi, murojaat shakli (Anrede), kirish, asosiy qism va xayrlashish (Grußformel) kabi elementlar ko‘rib chiqildi. Quyidagi muhim Redewendungen (iboralar)ni o‘rganishdi: Sehr geehrte Damen und Herren, – Hurmatli janoblar va xonimlar,ich schreibe Ihnen, weil... – Sizga shuni ma’lum qilish uchun yozmoqdaman...
Für weitere Informationen stehe ich Ihnen gerne zur Verfügung. – Qo‘shimcha ma’lumot uchun men sizga mamnuniyat bilan yordam bera olaman. Ich freue mich auf Ihre Antwort. – Javobingizni intiqlik bilan kutaman.
Mit freundlichen Grüßen, – Hurmat bilan,

📌 Redewendungen (Nemis tilidagi iboralar):
Kundalik hayotda ishlatiladigan mashhur iboralar, jumladan "Ich freue mich darauf, Sie kennenzulernen" (Sizni tanishishdan mamnunman) kabi iboralar o‘rganildi va ularni to‘g‘ri qo‘llashga oid amaliy mashqlar bajarildi. 🗣📌 Interaktiv o‘yinlar orqali o‘rganilgan bilimlar mustahkamlandi. Mashg‘ulot qiziqarli va faol muhitda o‘tdi, barcha ishtirokchilar o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashdi. 🎲📚
👉 Agar siz ham nemis tilini samarali va zavqli tarzda o‘rganishni xohlasangiz, bizning to‘garakka qo‘shiling! Har oylik mashg‘ulotlarda sizni kutamiz!

“Deutsch lernen mit Spaß – weil Lernen auch Freude macht!” 🇩🇪✨