May 30

Marburg shahrida unutilmas ilmiy tashrif

Marburg — Germaniyaning Hessen o‘lkasida joylashgan universitet shahri bo‘lib, 1977-yilgacha rasman “Marburg-an-der-Lahn” deb atalgan. Shaharda 73 000 dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Marburg Filipp universiteti (Philipps-Universität Marburg) 1527-yilda Graf Filipp tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, bu Germaniyaning eng qadimiy universitetlaridan biri hisoblanadi. (QS World University Ranking 2025: 801–850)

Ilmiy aloqalar va hamkorlikning yangi bosqichi

2025-yilning may oyida Buxoro davlat universitetining Nemis filologiyasi kafedra o‘qituvchisi Xaitova G.B. ilmiy tashrif bilan Marburg Filipp universitetida bo‘ldi. Tashrif Marburgdagi Filipp universiteti Yaqin Sharq va Markaziy Sharq tadqiqotlari markazi taklifiga binoan amalga oshirildi.

🔹 2025-yil 27-may kuni Xaitova G.B. talabalar va universitet xodimlari ishtirokida o‘z universiteti – Buxoro davlat universiteti haqida taqdimot qildi. PowerPoint prezentatsiyasi orqali u Nemis filologiyasi kafedrasining mazmuni va maqsadlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
🔹 Akademik hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida tomonlar o‘rtasida imzolangan Memorandum of Understanding (MoU) Buxoro Davlat Universitetining rasmiy vakili sifatida Xaitova G.B.da tantanali ravishda taqdim etildi.

🌍 Shu kuni taniqli olim Dr. Pavel Lurje Tojikistonning yuqori Zarafshon vodiyidagi qadimiy jamiyat haqida ilmiy ma’ruza o‘qidi. Tadbir doirasida Markaziy Osiyoga oid dolzarb savollar muhokama qilindi.

✨ Bu tashrif ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘shma tadqiqotlar uchun mustahkam zamin yaratdi.