April 23

"Karyera kuni-2025" mehnat yarmarkasi bo`lib o`tdi

Buxoro davlat universitetida Xorijiy tillar fakulteti hamda Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan Nemis tiliga ixtisoslashgan o`quv markazlari, mehmonxonalar hamda turizm sohalar, viloyat hokimligining bir necha boshqarmalari va boshqa xizmat ko‘rsatish korxona va tashkilotlari bilan hamkorlikda "Karyera kuni-2025" mehnat yarmarkasi bo`lib o`tdi. Bitiruvchi talabalar bandligini ta`minlash maqsadida ochiq muloqotlar, davra suhbatlari tashkil etildi.

Yarmarkada 50 dan ortiq korxona tashkilotlar jalb qilingan bo’lib, Nemis filologiyasi bo`limidan 70dan ortiq bitiruvchi talabalar ishtirok etishdi. Yarmarka davomida 30 dan ortiq ishga joylashish bo'yicha kelishuvga ega bo'lindi hamda bir nechta yangi o'zaro hamkorlik aloqalari o'rnatildi.

Shuningdek, kelgusida viloyatning boshqa tuman bo`limlariga fakultet bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo`yicha o`zaro uchrashuvlar amalga oshirilishi yuzasidan kelishib olindi.