Nemis filologiyasi bo`limi talabalari navbatdagi "Ma`naviyat darsi" mashg`ulotiga qatnashdilar
2025-yil 15-aprel kuni Xorijiy tillar fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi dotsenti D.H.Karimova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy hayotida hafta davomida ro‘y bergan voqealar yuzasidan “Ma’rifat darsi” mashgʻuloti oʻtkazildi.
Unda O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi doirasida tashrif buyurgan turli mamlakatlar parlamentlari delegatsiya rahbarlari bilan bo’lgan uchrashuv tafsilotlari, Prezidentimizning 9-aprel kuni shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti to’g’risida, shuningdek, hududlarning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha o’tkazilgan videoselektor yig‘ilishi haqida talabalarga ma’lumotlar taqdim etildi.