Xorijiy filologiya fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasida 70230101–Lingvistika (nemis tili) ta’lim yo‘nalishining magistratura talabalari ilmiy-tadqiqot ishlarining dastlabki himoyasi bo`lib o`tdi
Joriy yilning 17 aprel sanasida Xorijiy filologiya fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasida 70230101–Lingvistika (nemis tili) ta’lim yo‘nalishining magistratura talabalari ilmiy-tadqiqot ishlarining dastlabki himoyasi bo'lib o'tdi. Dastlabki himoyada Nemis filologiyasi kafedrasi mudiri f.f.d.,(DSc), dotsent Y.B.Ro‘ziyev, Nemis filologiyasi kafedrasi dotsenti f.f.f.d.,(PhD) D.H. Karimova, Nemis filologiyasi kafedrasi dotsenti f.f.f.d.,(PhD) E.B.Jumayev, Nemis filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi f.f.f.d.,(PhD) A.A.Jumayev, Nemis filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Sh.Bozorova va Nemis filologiyasi kafedrasi 70230101–Lingvistika (nemis tili) ta’lim yo‘nalishining magistratura talabalari ishtirok etdi. Nemis filologiyasi kafedrasi mudiri f.f.d.,(DSc), dotsent Y.B.Ro‘ziyev magistratura talabalarini MD himoyasi bilan tabrikladi, shundan so'ng magistratura talabalari dastlabki himoyadan o'tib, kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Magistrlarning dastlabki himoyasi muvaffaqiyatli deb topildi.