April 23

BUXORO MEʼMORIY YODGORLIKLARIDA SAYYOR DARS

22-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo’nalishi bitiruvchilari bilan Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Otabek Babayev ushbu benazir inshootni ziyorat qilib, mashg’ulotni sayyor dars tarzida o’tishdi.

Boboyi Poradoʻz 842-yil Buxoroda tugʻilib, 925-yilda vafot etgan. Manbalarda "Shavqi Bobo erdi bilsang asli nomi Poradoʻz" deyilgan. Bunday aytilishiga sabab, u Ollohning shavqi, ishqi bilan yashagan deyiladi. Shuning uchun ul zoti sharifni Boboyi Shavqi deb ham ataganlar. Shuningdek, Buxoro Chor Bakrlari, yaʼni Abu Bakr Saʼd, Abu Bakr Fazl, Abu Bakr Tarxon, Abu Bakr Homid va taniqli mujtahid (diniy qoidalarni tartibga soluvchi) hisoblanmish Abu Jafar Hinduvoniylar Boboyi Poradoʻzning shogirdlari boʻlishgan.

Boboyi Poradoʻz tikuvchilar, etikdoʻz, mahsidoʻz va boshqa kasb egalarining piri hisoblangan.

Boboyi Poradoʻz maqbarasi Buxoro shahrining Sallaxona darvozasi tashqarisida joylashgan. Buxoro ziyoratgohlarodan biridir.

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo’nalishi bitiruvchilari uchun, ushbu sayyor dars ularning kelajakdagi faoliyatlari uchun amaliy bilimlarini boyitishda xizmat qildi.