April 8

Nemis filologiyasi bo`limida navbatdagi ochiq dars tashkil qilindi

2025-yil 8-aprel kuni 3-juftlik soat 11:30 da 11.1.NEM23-guruhda “Mamlakatshunoslik” fanidan "Entstehung und Geschichte der Schweiz" mavzusida o`tkazilgan ochiq darsda talabalar nemis tilida gaplashadigan mamlakatlar, ularning paydo bo`lishi hamda tarixi haqida batafsil ma`lumotlarga ega bo`ldilar.

Talabalar dars davomida fan o`qituvchisi, dotsent D.H.Karimova tomonidan tayyorlangan "Schreib schnell", "meine beste Stadt" kabi metodlar orqali tashkil qilingan o`yinlarda faol ishtirok etib, mavzu haqida batafsil tushunchaga ega bo`ldilar.

Ochiq darsda kafedra o`qituvchilari ishtirok etishdi.