Nemis filologiyasi bo`limi o`qituvchilari bo`lim talabasining o`zi faoliyat yuritayotgan maktabdagi ochiq dars mashg`ulotiga ishtirok etishdi
Ma`lumki, Nemis filologiyasi bo`limi 3-4- bosqich talabalarining aksariyati maktab va o`quv markazlarida ish bilan ta`minlangan hamda ta`lim muassasalarida nazariy bilimlarini amalda qo`llayaptilar. Buxoro shahridagi "Knowledge academy" xususiy maktabida 2yildan buyon faoliyat yuritiib ketlayotgan 4-bosqich talabasi Suleymanova Karina ushbu maktabning 2-sinf o`quvchilari uchun "Farben" (Ranglar) mavzusidagi ochiq dars mashg`ulotida kafedraning katta o`qituvchilari, G.B.Xaitova hamda O.A.Babayevlar ishtirok etishdi.
Interfaol metodlar bilan tashkil qilingan darsga o`quvchilarning faol ishtiroki hamda dars so`ngida ranglarga oid mashqlar o`quvchilar tomonidan juda chaqqonlik bilan bajarilgani dars o`z maqsadiga erishganini isbotladi. Dars tahliliga ishtirok etgan kafedra o`qituvchilari talaba -o`qituvchiga darsdagi qator yutuqlarni hamda tuzatilishi kerak bo`lgan kamchiliklarni aytib, metodik ko`rsatmalar ko`berishdi.