April 15
Ikkinchi chet tili fanidan noan’anaviy ochiq dars
2025 yilning 15 aprel sanasida Xorijiy tillar fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Babayev Mahmud Tashpulatovich tomonidan ingliz tili taʼlim yoʼnalishi 2-kurs 11-5ING-23 guruhida “Ikkinchi chet tili” fanidan “Ordinalzahlen: der erste …” mavzusida noan’anaviy ochiq dars-amaliy mashg’uloti o’tkazildi.
Talabalar o’zlari tayyorlagan taqdimotlar, slaydlar yordamida tartib sonlar haqida chuqur ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Barcha talabalar faol ishtirok etgan ushbu mashg’ulot ishtirokchilarga chuqur taassurot qoldirdi.