June 5
BuxDU, Nemis filologiyasi bo`limi 3-bosqich talabalari malakaviy amaliyotda
Nemis filologiyasi kafedrasi Filologiya va tillarni o`qitish ta`lim yo`nalishida malakaviy amaliyot jarayonlari qizg'in davom etmoqda. Joriy yilning 3 iyun sanasida 3-bosqich 11-1Nem22 hamda 11-2Nem- 22 guruh talabalari amaliyot rahbarlari S.S.Xudoyev hamda D.P.Abdulxayrovlar boshchiligida Buxoro eski shahrida amaliyot mashg'ulotlarini o'tadi. Amaliyotda talabalar tomonidan tayyorlangan ma'lumotlar eshitildi. Har bir manzilda amaliyot rahbarlari tomonidan ham qo'shimcha ma'lumotlar berib borildi.