June 27

Nemis filologiyasi kafedrasida "Dolzarb 90 kun" loyihasi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ta’lim muassasalarida ijtimoiy faollikni oshirish, pedagogik jamoaning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, Nemis filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan bo‘sh vaqtlar samarali tashkil etilib, o‘zaro shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu tadbir do‘stona muhitda o‘tdi va jamoa a’zolarining fikrlash salohiyati, diqqat va sabr-toqatini rivojlantirishga xizmat qildi.