September 5

NEMIS FILOLOGIYASI KAFEDRASIDA SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI TASHKIL ETILDI

2025 yilning 5 sentyabr kuni Nemis filologiyasi kafedrasida O’zbekiston va jahonda hafta davomida sodir bo’lgan yangiliklargabag’ishlangan siyosiy – ma’rifat soati tashkil etildi.

Siyosiy – ma’rifat soati dastlab kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ul M.M. Maxmudovaning kirish so’zi bilan boshlandi. M.M. Maxmudova kafedra professor-o’qituvchilariga hafta davomida O’zbekiston va jahonda ro’y bergan so’nggi yangiliklar aks ettirilgan videorolikni namoyish etdi. Videorolikda jumladan toshkentdagi yangi O’zbekiston bog’ida mustaqillik kuni munosabati bilan katta baram tantanasi bo’lib o’tdi. Tadbirda Presidentimiz Sh.Mirziyoyev butun xalqimizni, xorijiydagi vatandoshlarimizni vatanimiz mustaqilligining shonli 34 yilligi munosabati bilan samimiy qutladi, shuningdek mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Respublikamiz rahbari Sh.Mirziyoyev nomiga xorijiy davlat rahbarlari, parlamentlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, yirik koporatsiya va kompaniyalar, taniqli siyosatchi va jamotchi va din arboblaridan samimiy qutlovlar keldi.

Shundan so’ng Respublikamiz hayotida hafta davomida ruy bergan siyosiy voqealar aks ettirilgan film namoyish etildi. Filmda Presidentimizning hafta davomida xalq manfaati yo’lida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan.

Siyosiy-ma’rifiy soat yakunida mavzu professor-o’qituvchilar tomonidan muhokama qilindi va fikr-mulohazalar bildirildi.