June 24

BO’LAJAK GID-TARJIMONLAR AMALIYOTDA

Joriy yilning 24- iyun sanasida malakaviy amaliyot rejasi asosida 2-bosqich Nemis filologiyasi kafedrasi "Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati" yo’nalishi talabalari hamda amaliyot rahbari O.A.Babayev bilan Buxoro viloyati miqiyosidagi tarixiy-turistik manzillarda amaliyot jarayonini o’tashdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda yetti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me'moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 -yildan Xivadagi Ichanqal'a qo'riqxonasidagi, 1993- yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 -yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi” ro'yxatiga kiritildi.

Amaliyot jarayonida Buxoro hududida o’rin olgan barcha tarixiy obidalar haqida talabalar keng ma'lumotlarga ega bo’lishmoqda.