June 20

Bitiruv malakaviy ishi himoyasi samarali o’tkazilmoqda

Nemis filologiyasi kafedrasida Buxoro davlat universiteti rektorining 2025 yil 29 apreldadi 270-U sonli buyrug’iga asosan Filologiya va tillarni o’qitish (nemis tili), Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili) va Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (nemis tili) ta’lim yo’nalishlarida jami 40 nafar talaba bitiruv malakaviy ishini himoya qilishdi.

Universitet rektorining tegishli buyrug’iga asosan bitiruvchi kurs talabalarining 20 nafari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida vakillari, ish beruvchilar va DAK a’zolari ishtirokida samarali tashkil etildi.

Qolgan 20 nafar bitiruvchi esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi vakillari, ish beruvchilar va DAK komissiya a’zolari ishtirokida tashkil etildi.

Bitiruv malakaviy ishi himoyasida DAK a`zolari, jumladan rais sifatida Qarshi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri fil.f.f.d., dotsent Mahmudov Alisher Yo`ldoshevich hamda BuxDU Nemis filologiyasi kafedrasi professor-o`qituvchilari ishtirok etishmoqda. BMI himoyasi yuqori saviyada o`tkazilib, bitiruvchilarga tadqiqot ishi mazmun-mohiyatini taqdimot asosida ochib berishga imkon berilmoqda. Talabalar ish beruvchilar va komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga munosib javob qaytarib munosib baholanishdi.