April 9

Ma’naviyatimiz ko‘zgusi ichra sayyor dars

Xorijiy tillar fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Babayev Otabek 8- aprel kuni Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo’nalishi bitiruvchilari bilan Buxorodagi Chor Bakr me’moriy majmuasida sayyor dars tashkil qilib, nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlab qaytishdi.

Har bir davlatda xalqining o‘tmishi va ulug‘vor tarixini eslatib turuvchi tarixiy obidalar va yodgorliklar mavjud. Ushbu yodgorliklar orqali inson ma’naviy ozuqa oladi, o‘z davlatining tarixidan faxrlanadi va g‘urur tuyg‘usini his etadi.

Dunyoda inson qo‘li bilan yaratilgan va necha ming yillardan beri saqlanib, o‘z jozibasini yo‘qotmay kelayotgan tarixiy obidalar ko‘plab uchraydi. Tarixdan bizga ma’lumki inson zoti san’atni qadrlagan va go‘zallikka intilib kelgan.

Chor Bakr — Buxoroda IX-X- asrlarda yashab oʻtgan mashhur toʻrt shayx (Abu Bakr SaʻdAbu Bakr FazlAbu Bakr MuhammadAbu Bakr Tarxon), masavvufning yirik namoyandalari. Chor Bakrlarning ajdodlari paygʻambar Muhammad (sav)ning nabirasi Imom Husaynga borib taqaladi. Ular Ali avlodlaridan 4 imom boʻlgan Jaʼfar as-Sodiqning nevaralari hisoblangan.

Chor Bakrlar Buxoroda vafot etgan va shahar yaqinidagi Sumitan mavzeida dafn etilgan. Ularning qabrlari ustida Abdullaxon II (16-asr) davrida hashamatli maqbara va boshqa meʼmoriy inshootlar qurilgan. Talabalar ushbu ziyoratgohda o’tilgan sayyor darsdan ulkan ta’surotlar bilan ko’pgina ma’lumotlar olishdi. Sayyor dars qatnashuvchilari yaqin kunlarda o’zlarining gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyatlarida bu olingan bilimlaridan keng foydalananib, ichki va tashqi turizm sohasida o’z hissalarini qo’shishlariga aminmiz.