Nemis filologiyasi kafedrasida DLL loyihasi faol amalga oshirilmoqda
Nemis filologiyasi kafedrasining bir necha professor-o’qituvchilari Germaniyaning O’zbekistondagi madaniyat markazi Gyote instituti tomonidan tashkil qilinayotgan DLL loyihasida faol ishtirok etib kelishmoqda. 2024 yilning 11 dekabr sanasida kafedra dotsenti M.Maxmudova viloyatning chekka tumanlaridagi nemis tili o’qituvchilari uchun DLL loyihasi bo’yicha namunali dars tashkil etdi.
Darsda viloyatning chekka tumanlarida faoliyat olib borayotgan 22 nafar o’qituvchi ishtirok etdi. M.Maxmudova dars davomida dars maqsadini to’g’ri tuzish, maqsadga olib boruvchi qiziqarli interfaol usullardan foydalanish usullarini o’rgatdi.
Dars davomida zamonaviy ta’lim shakllari bilan bir qatorda Kahoot, Trimino, Suchsenmashine kabi onlayn mashq tuzish usullari ham o’rgatildi.