March 13

Nemis filologiyasi bo`limi talabalari ishtirokida "Sun`iy intellektdan unumli foydalanish" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi

So'nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Sun`iy intellekt (artificial intelligence, AI) texnologiyalarining katta ahamiyati va salohiyatini e`tirof etgan holda ularni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Tez texnologik taraqqiyot davrida sun`iy intellekt hayotning turli sohalari rivojlanishiga ta`sir qiluvchi asosiy omilga aylanib bormoqda. Ushbu texnologiyalar unumdorlik va samaradorlikni oshirishdan tortib, ilm-fan va innovasiyalardagi yutuqlarga qadar ulkan foyda keltirish salohiyatiga ega ekanligini tan olish kerak.

Shu munosabat bilan joriy yilning 13-mart sanasida Xorijiy tillar fakulteti Nemis filologiyasi bo`limi talabalari ishtirokida "Sun`iy intellektdan unumli foydalanish" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbatida talabalar bugungi kunda ta'lim sohasida sun'iy intellekt intensiv ravishda o'z o'rinini egallayotganligi, sun’iy intellekt ma'lumotlarni o'rganish, tahlil qilish, o'zgartirish va tasavvur qilish qobiliyatiga ega bo'lgan axborot tizimlarini yaratishda katta ro'lni o'ynashi, bu tizimlar o'rganish jarayonida ma'lumotlarni tan olish, aniq maqsadlar uchun ma'lumotlarni qidirish, ma'lumotlarni tahlil qilish, va natijalarni ko'rsatish kabi vazifalarni bajarishda yordam berishi hamda tabiiy va insoniy imkoniyatlarga qaraganda, sun'iy intellekt ta'lim sohasida bir nechta foydalarni olib kelishi haqida nutq so`zladilar.

Davra suhbati so`ngida har bir yaratilayotgan texnologiyalar doim insoniyatga, uning turmush darajasini yaxshilashga, bashariyat taraqqiyotiga xizmat qilmogʼi lozimligini unutmaslik kerakligi alohida ta`kidlandi.