YASHIL MAKON LOYIHASI AMALDA
Odam tabiatning bir bo‘lagi sifatida u yaratgan mo‘jizalardan har qachon baxramand bo‘ladi. Yashil o‘simliklar ham butun insoniyatni toza havo bilan taminlab atrofmuhitning ekologik musaffoligini ham barqarorlashtirishi barchamizga muhimdir. Yurtimizda e’lon qilingan ”Yashil makon” umummilliy dasturi esa inson tabiatga nafini oshiradi desak adashmagan bo‘lmaymiz.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2021-yil 2- noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaroriga asosan tuman va shaharlar, aholi punktlariga havo tozalagini yaxshilash masalasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi shiddatlik bilan amalga oshirilmoqda.
Xususan, BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi professor -o`qituvchilari tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy dasturi asosida o`zlari istiqomat qilayotgan hududlarda mevali va manzarali ko‘chatlarni o‘tkazdilar.