April 9, 2020

Temur

Mustahkam iroda, dadl ishonch va eng kuchli jasorat mardlik ummonining buyuk sohibqironi Amir Temurda mujassamdir. Jang. Ushbu so'z Temurning deyarli hayotiga aylangan. 1336-yilning 9-aprelida tavallud topgan sohibqiron o'z asrining o'chmas jasoratchilaridan biri hisoblanib, butun dunyoda o'zing asrlarga ta'tiguvlik nomini qoldirgan. Biz jasoratning yo'lboshchisi bo'lgan Temurbek avlodimiz.

Bir kuni ukam bilan ikkovimiz suhbatlashib turgandik. Ukam shunday dedi: aka men kelajakda sportchi bo'lmoqchiman. Chunki, bizning yurtimizdan buyuk allomalar, insonlar chiqishgan. Men ham ularning izdoshi bo'lishim kerak! deganini bilaman shartta bobomning tayoqlarini oldida ayvonning ustuniga bog'langan eshshakning ustiga chiqib: "Kuch adolatdadir ",- deb qichqirdi. Men esa uning ushbu so'zidagi jasoratni ko'rib bizning ham uyimizda Temurbeklarning izdoshi borligiga amin bo'ldim. To'g'ri bu voqea bir tarafdan kulguli tuyilishi mimkin. Ammo, bu hodisa bizning kelajagimiz porloqligidan dalolar beradi. Shu o'rinda Amir Temurning ushbu gaplari yodimga tushdi :"Bu dunyoning ishlari faqat mashq va harakatga bog'liq." Inson harakat qilar ekan uning albatta samarasi boladi. Bir kun kelib mana shu ish uning butun dunyoda o'z nomini qoldirishiga mustahkam tayanch bola oladi.

Biz buyuk bobokalonlar izdoshimiz. Bu biz uchun tarixning eng buyuk sovg'asidir. Shunday ekan biz kelajak yoshlari manashunday tarixning buyuk insonlariga havas qilib o'z nomimizni kelajak varoqlariga bitaylik. Zero, hammamiz ham bizdan keyingi kelajak ablod uchun tarix sovg'asini qoldiraylik.

Bizga Temurbekning irodasi kuchli tayanch bo'lsin . Sohibqiron Temur aytganidek:"Kuch adolatdadir".


Jasur o'glonlaring xizmatinga shay,
Tomirida oqar Temurbek qoni.
G'animlar qo'rgoning ko'rgandan qochgay,
Me'rosdir bobomdan mardlik ummoni.

Muallif: Urinov Firdavs

TATU "Dasturiy injiniring" fakulteti 4-bosqich talabasi