"Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"
2021 yildan boshlab O‘zbekistonda tashkillashtirilgan holda xorijga ketishdan oldin fuqarolar majburiy tartibda kasb-hunar va tillarga o‘qitilishi joriy etiladi. Qonuniy mehnat migratsiyasi tashkil etilishi uchun xorijiy davlatlar ish beruvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda maxsus markazlar ochiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinmoqda hamda uning asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda.
Jumladan:
- tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalar mustahkamlanadi;
- xorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolar kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitiladi, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar beriladi;
- mehnat migrantlari moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyoti kengaytiriladi, ular uchun madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladi;
- mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar reintegratsiya qilinadi, shu jumladan, ularning bandligi ta'minlanadi, kasbiy malakasi oshiriladi va tadbirkorlik tashabbuslari rag‘batlantiriladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarining ishi quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- hokimlar hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalar samarali bajarilishini ta'minlaydi;
- hududiy filial rahbarlari bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yordamchilari hisoblanadi;
- hokimliklar mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan hududiy filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda faoliyatiga malakali mutaxassislarni jalb qilish choralarini ko‘radi;
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilmoqda:
- xorijiy ish beruvchilar va ularning vakillari bilan bevosita kelishuvlar tuzish hamda tuzilgan kelishuvlarga asosan fuqarolarni ishga yuborish;
- xorijiy mamlakatlarning hududiy migratsiya va boshqa davlat organlari bilanaloqalar o‘rnatish va muzokaralar o‘tkazish, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- xorijiy (xalqaro) moliya institutlari migratsiya sohasini rivojlantirishga ajratiladigan grantlarini jalb qilish.
2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda.
Buni amalga oshirish uchun 13ta «Ishga marhamat»monomarkazlari, 30ta kasb-hunarga o‘qitishmarkazlari,11taToshkent shahri tumanlaridagi qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslarihamda136ta mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlariga qo‘shimcha ravishda quyidagilar:
- 13ta kollej va 13ta texnikumda (jami yillik quvvati 20,2 ming o‘quvchi) mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli (3 oygacha) kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish kurslari tashkil etiladi;
- qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlari xorijiy yirikish beruvchilarning (Rossiyaning «NIPIGAZ» AJ, «Renaissance Heavy Industries», B.T.K GRUP, Turkiyaning «ANT YAPI», «Tayga Grupp», BAAning «Tadbeer» tashkilotlari) talablariga moslashtiriladi;
- xorijiy yirik ish beruvchilar va xususiy bandlik agentliklari bilan aloqalar o‘rnatiladi hamda qisqa muddatli kurslarda ular uchun zarur bo‘lgan kasblar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi;
- Mehnat vazirligi huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qisqa muddatli kurslarga xorijdagi yirik korxonalarning malakali mutaxassislari va yetakchi ta'lim muassasalarining pedagog kadrlari jalb qilinadi.
2021 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar tashkil etiladi:
- Yaponiya ish beruvchilari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida «Yapon tili va kasbiy malaka» test markazi;
- Rossiya Federatsiyasining Payvandchilik nazorati milliy agentligi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida payvandchilar maktabi;
- Birlashgan Arab Amirliklarining rekruting «Tadbeer» markazlari bilan hamkorlikda Guliston shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida xizmat sohasida faoliyat ko‘rsatadigan ishchilarni tayyorlash o‘quv markazi;
- Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda chet tillariga o‘qitish va xizmat sohasi bo‘yicha kasbga tayyorlash o‘quv markazlari.
2021 yil 1 yanvardan boshlab:
- «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»axborot tizimida kam ta'minlangansifatida ro‘yxatga olingan oila a'zolariga, ular mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotganda mikroqarzlar beriladi;
- mikroqarzlar xorijda ishga joylashish (shu jumladan, yo‘l haqini to‘lash va mehnat faoliyatiga ruxsat olish) bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 mln so‘mgachamiqdorda bir yil muddatga beriladi;
- mikroqarz foiz stavkasining 14 foizli punktidan yuqori bo‘lgan qismi, lekin 21 foizdan oshmagan miqdori Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinadi;
- 2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan holda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish – o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga tenglashtiriladi hamda ushbu shaxslarga o‘zini o‘zi band qilganlar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llanadi.
Tashqi mehnat migratsiyasi sohasini yanada rivojlantirish maqsadida:
- 2021 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasi ochiladi hamda ushbu vakolatxonada patentni tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlari ko‘rsatiladi;
- 2021 yil 1 yanvarga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg (90 mingga yaqin mehnat migrantlari ishlamoqda), Novosibirsk (200 ming nafar), Samara (100 ming nafar), Ufa (70 ming nafar), Chimkent (100 ming nafar) va Istanbul (300 ming nafar) shaharlaridagi vakolatxonalari ochiladi;
- chet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, mablag‘larsiz qolgan 10 mingga yaqin fuqarolarga 446 ming so‘m (40 doll) bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi hamda ushbu maqsadlarga 4,1mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi;
- Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Turkiya Respublikalarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida advokatlik firmalari jalb qilinadi, onlayn platforma yaratiladi va Rossiya Federatsiyasi hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan «Call-markaz» tashkil qilinadi;
- xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam yordam ko‘rsatib kelayotgan shaxslarni «faxriy konsul» hamda «jamoat maslahatchisi» etib tayinlash hamda ularni davlat mukofotlari bilan taqdirlash amaliyoti joriy qilinadi;
- diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari huzurida xorijdagi vatandoshlar, yirik ish beruvchilar hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam ravishda yordam ko‘rsatib kelayotgan boshqa shaxslar ishtirokidagi Maslahat kengashlari tashkil etiladi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida kam ta'minlangan sifatida ro‘yxatga olingan oila a'zolariga, ular xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib, qaytib kelganda:
- Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijaraga olingan bino va inshootlarning ijara haqini to‘lash, tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlikka o‘qish, kredit ta'minoti sifatida taqdim etiladigan sug‘urta polisi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun 2,2 mln so‘m miqdorida subsidiya to‘lanadi;
- Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan kreditning 14 foizdan yuqori bo‘lgan qismi, lekin 21 foizdan oshmagan miqdori kompensatsiya qilinadi.
Tuman va shahar sektor rahbarlari, mahalla raislari va mehnat inspektorlari xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolarning oila a'zolariga moddiy va ijtimoiy holatini yaxshilash, zarur tibbiy patronaj xizmatini ko‘rsatish, ipoteka kreditlari asosida uy-joylar ajratish, farzandlarining ta'lim olishidagi muammolarini hal qilish, mehnatga layoqatli a'zolarini ish bilan ta'minlashga ko‘maklashadi.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2020–2021 yillarda:
- 70mingga yaqin shaxslar kasb-hunarga va chet tillariga o‘qitiladi;
- 144mingdan ortiq shaxslar tashkillashtirilgan holda xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuboriladi, shu jumladan Rossiyaga107 ming nafar, Qozog‘istonga24 ming nafar, boshqa davlatlarga13ming nafar;
- 148mingga yaqin xorijdan qaytib kelgan fuqarolarning bandligi ta'minlanadi;
- 120mingga yaqin mehnat migrantlarining oila a'zolariga yordam ko‘rsatiladi.
Manba: Kun.uz
Bizni telegramda kuzatib boring:
👉 https://t.me/tbinfouz