Tadbirkorlik | Bandlik Info
@tbinfouz
10 posts

Yangi Mehnat kodeksi loyihasi e'lon qilindi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Mehnat kodeksining yangi tahriri loyihasi e'lon qilindi.

"Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi loyihasida qanday yangiliklar aks etmoqda?

Mehnat kodeksi mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladigan asosiy qonun hisoblanadi. Lekin, qabul qilinganiga 25 yil to‘lgan mazkur kodeks bugungi kun talabiga javob bermay qoldi, deb yozadi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Mavludaxon Xo‘jayeva.

Farg‘ona viloyati misolida barcha hududlarda tadbirkorlik bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi - Hukumat qarori loyihasi

Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyati misolida respublikaning barcha hududlarida “Tadbirkor – islohotchi” g‘oyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

"Rossiyaga ketishdan oldin kasb va til o‘rgatiladi" - O‘zbekistonda yangi migratsiya tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

«Rossiyaga borgan o‘zbek migranti patent olishni 25 kun kutadi. Patent bo‘lmasa ishlay olmaydi. Bu borada hukumatlararo kelishuvga erishish uchun yaqinda Rossiyaga jo‘nab ketyapmiz.

Hukumat aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi bo‘yicha yangi qaror qabul qiladi

Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qonunchilik palatasida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ustida ish boshlandi

Aholi bandligini ta'minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat nizolarining yuzaga kelmasligiga erishish ko‘p jihatdan bu boradagi qonunchilikni takomillashtirishga bog‘liq. Mamlakatimizda ushbu munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) tegishli konvensiyalari va tavsiyalariga asoslanadi.

Bozorlardagi narx-navo ma'lum qilindi

Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 2 sentabr kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

5-sentyabrdan qator faoliyat turlariga ruxsat beriladi - Maxsus komissiya qarori

Maxsus komissiya axborotiga ko‘ra, karantin cheklovlari yumshatilishiga qaramasdan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida koronavirus infeksiyasi tarqalishini jilovlash bo‘yicha muayyan natijalarga erishilmoqda. Xususan, joriy yil 21-avgustdan boshlab koronavirus infeksiyasini yuqtirish bilan bog‘liq yangi holatlar 500 talik ko‘rsatkichdan qat'iy tushganligi, sog‘ayganlar soni 39,5 mingdan yoki umumiy kasallanganlarning 93 foizidan oshgani ham buni tasdiqlamoqda.

1-sentyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Pensiya va nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi Pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.