KASBDOSHLARMIZ MEHNATI MUNOSIB TAQDIRLANDI
Inson mehnat bilan ulugʻ. Mehnat - haѐt demakdir. Oʻzbekiston – inson qadri ulugʻlangan yurt. Ayniqsa, ilm ahliga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik, yoshlarning hurmat va ehtiromi mamlakatimizda inson manfaati, uning shaʼni va qadr-qimmati hamma narsadan ustun ekanini yana bir karra namoyon etmoqda.
Universitetda uzoq yillar samarali ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan, yoshlarni malakali mutaxassislar qilib tarbiyalashda oʻz hissasini qoʻshgan, yirik ilmiy izlanishlari bilan unutilmas meros qoldirgan kasbdoshlarimiz nomzodlari “Nuroniy” jamgʻarmasiga mukofotlash uchun tavsiya etilgan edi.
Oʻzbekiston Faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik Kengashining 2021-yil 19-apreldagi Qarori bilan universitetning qator faxriy-ustozlari “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi:
- Asqarov Axmadali – tarix fanlari doktori, akademik I-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan;
- Jurayev Risbay Haydarovich – pedagogika fanlari doktori, akademik I-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan;
- Xamidov Xamitjan – filologiya fanlari doktori, professor, I-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan;
- Mavlonova Raxima Abdurazzakovna - pedagogika fanlari doktori, professor I-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan;
- To'xtaxo'jayeva Minovvar - pedagogika fanlari doktori, professor, I-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan;
- Xoliqov Ishqobil - tarix fanlari doktori, professor I-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan;
- Karimov Ibroxim - falsafa fanlari doktori, professor, I-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan;
- Isyanov Ravil Gennadyevich - pedagogika fanlari nomzodi, professor v.b. II-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan;
- Fayzullayev Said-Nasir Said-Burxanovich – biologiya fanlari nomzodi, professor v.b. II-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan;
- Xalikov Aʼzam Abdusalomovich - pedagogika fanlari doktori, professor II-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan.
- Shadmankulova Dilyarom Xalikovna - filologiya fanlari nomzodi, dotsent II-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan.
Universitet jamoasi nomidan bunday yuksak daraja va eʼtiborga erishgan kasbdoshlarimizga uzoq umr, mashaqqatli mehnatlarining rohatini uzoq yillar davomida koʻrib yurishni tilab qolamiz.