September 24, 2021

Prorektor va yoshlar uchrashuvi

Kuni kecha Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti tomonidan “Prorektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Ochiq muloqot tarzda tashkil etilgan tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Raxmonqulova Nargiza Xojiakbarovna tashrif buyurib fakultet dekani sifatida faoliyat boshlagan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nurkeldieva Dilbar Axmadovnaning kelgusidagi rahbarlik faoliyatiga rivoj tilab, yuksak ishonch bildirilganligi qayd etildi.

Shuningdek kredit modul tizimida darslarni tashkil etilishi, korrupsiyasiz ta’lim tizimi, o‘qish va izlanish baxt natijasi ekanligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Tengdoshdan tengdoshga tamoyili asosida fakultet Yoshlar ittifoqi faollari Bekzod Haydarov va Muhammad Erembetovlar tomonidan universitet rahbariyati, ya’ni rektor, prorektorlar, jamoat tashkiloti rahbarlari, fakultet dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va guruh murabbiylari birma-bir tanishtirib o‘tildi.

Fakultet dekani Dilbar Nurkeldieva o‘z so‘zida: “universitetda “Odob-axloq Kodeksi” qabul qilinganligi, universitet ichki tartib qoidalariga har bir talaba va professor-o‘qituvchilar so‘zsiz amal qilishi lozim” deya ta’kidladi.

Tadbirda har bir talaba dars mashg‘ulotlarida o‘z vaqtida ishtirok etishi va talabalik davrining oltinga teng damlarini g‘animat bilib vaqtdan unumli foydalanish lozimligi qayd etildi.

Muloqotda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir yakunida iqtidorli talabalar o‘z badiiy chiqishlari bilan barchaga xush kayfiyat ulashdi.