February 26, 2021

Yoshlarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha TDPU va Yoshlar ittifoqi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tomonidan yoshlarning mustaqil ongli kasb tanlashi va o‘zining shaxsiy kasbiy rejalarini shakllantirishga psixologik va pedagogik ko‘maklashishga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – yangi renessans drayverlari” mavzusida anjuman tashkil etildi.

Anjuman doirasida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum va yo‘l haritasi tasdiqlandi.

Ushbu hamkorlik memorandumi doirasida shaxsning ma’naviy kamol topishida psixologik va pedagogik qo‘llab-quvvatlash, poytaxt yoshlariga ta’sirchan mexanizmlar orqali psixologik ko‘mak berish, yoshlarning mustaqil ongli kasb tanlashi va o‘zining shaxsiy kasbiy rejalarini shakllantirishga sharoitlarni yaratish bo‘yicha hamkorlik rejalari tuzildi.

Anjuman doirasida Toshkent shahar Yoshlar markazida “Psixologik trening markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.