August 21, 2021

Pedagogika universitetida xayriya hashari bo'lib o'tmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan bugun yurtimizda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

Bugun erta tongdan Toshkent davlat pedagogika universitetida xalqimizga xos boʻlgan qadriyat – hashar ishlari koʻtarinki ruhda boshlandi.

✅Universitetning professor-oʻqituvchilar hamda xodimlari tomonidan universitet hududi va atrofidagi maydonlar tozalanib, oʻquv binolari, sport inshootlarida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Universitetning barcha fakultetlari hovlisida jamoa tomonidan hashar oʻtkazilib, daraxtlarning tagi tozalandi, ularga shakl berilib, oqlandi.